Hokimiyat
Turkiston, Qozog‘iston
Hokimiyat ma’muriy binosi uchun HPL panellardan iborat qoplama va milliy naqshli fibrobеton plitalardan tayyorlangan tashqi dekorativ ekranni birlashtiruvchi ikki qavatli fasad yechimlari ishlab chiqildi. Bunday uyg‘unlik binoning o‘ziga xos qiyofasini shakllantirib, hududning madaniy o‘ziga xosligini ta’kidlaydi.
Loyihaning o‘ziga xos jihati — fasadning ikki qatlami devor tekisligidan turli masofalarda joylashtirilgan: HPL panellardan iborat birinchi fasad 200 mm, milliy naqshli fibrobеton plitalardan iborat ikkinchi fasad esa 1100 mm masofada o‘rnatilgan. Qatlamlarning fazoviy ajratilishi fasadga chuqurlik bag‘ishlaydi, tashqi ekran esa issiq iqlim sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.
Har ikki fasad qatlamini mahkamlash uchun qoplamaning turli masofaga chiqarilishini hisobga olgan holda alyuminiy karkas tizimlari ishlab chiqildi. Murakkab fasad geometriyasini amalga oshirish va me’moriy g‘oyani saqlab qolish imkonini beruvchi konstruktiv tugunlar, mahkamlash elementlari va birikmalarga alohida e’tibor qaratildi.